"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino "Real"ga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Kuni kecha OAVda "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres portugaliyalikni murabbiylik lavozimiga qaytarishga tayyorligi haqida xabarlar tarqaldi. Portugaliya chempionatining shanba kungi "Benfika" - "Riu Ave" (2:0) o'yinidan keyin jurnalistlar lissabonliklar ustozidan to'g'ridan-to'g'ri "Real" haqida so'rashdi.

"Real"ga qaytish? Meni o'z seriallaringizga tortishni bas qiling," - deya Mourinoning javobini keltiradi Madrid Xtra.