Mourino "Real"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashmaydi

"Benfika" o'zining rasmiy saytida Chempionlar ligasi doirasidagi "Real"ga qarshi o'yin dasturi haqida ma'lumot e'lon qildi. O'yindan oldingi matbuot anjumanida jurnalistlar qarshisida Joze Mourinoning yordamchisi — Joau Tralxau chiqish qiladi. Shuningdek, "burgutlar" futbolchilaridan biri ham matbuot bilan muloqot qiladi.
"Real" va "Benfika" o'rtasidagi javob uchrashuvi chorshanba, 25 fevral kuni bo'lib o'tadi. Birinchi o'yinda "qaymoqranglilar" Lissabonda 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi. Yagona gol muallifi hujumchi Vinisius Junior bo'lgandi. "Burgutlar" ustozi Joze Mourino esa o'sha bahsda qizil kartochka olgan. O'yin irqchilik bilan bog'liq mojaro bilan ham yodda qolgan — Vinisius Janluka Prestiannini haqorat qilishda ayblagandi.