Mourino «Real»ga kerak bo'lmagan yarim himoyachini aniqlab oldi

«Real Madrid»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino yarim himoya chizig'idagi ustuvorliklarni belgilab oldi. Portugaliyalik mutaxassis yangi mavsumda Federiko Valverde, Orelen Tchuameni, Arda Gyuler, Bernardu Silva va Djud Bellingemning xizmatlariga tayanishga qaror qilgan. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Ramon Alvares o'z ijtimoiy tarmoqlarida xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Joze, shuningdek, «Real»ga kerak bo'lmagan yarim himoyachini ham tanlab bo'lgan — bu frantsiyalik Eduardu Kamavinga. Munosib taklif tushgan taqdirda, u jamoani tark etadi.
Yakunlangan mavsumda Kamavinga «Real» safida barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 50 million evroga baholamoqda. Madrid klubi mavsumni sovrinsiz yakunladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar