Mourino «Real»ga kerak bo'lmagan futbolchilarni aniqlab oldi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino o'z jamoasida kimlarga joy yo'qligini hal qildi.
«Qirollik klubi»dagi qayta qurish ishlari endigina boshlanmoqda va aynan portugaliyalik mutaxassis tarkibni shakllantirish masalasida asosiy qarorlarni qabul qiladi. Jurnalist Mario Kortexananing xabar berishicha, Mourinoning rejalariga bir yo'la uch nafar chap qanot himoyachisi – Ferlan Mendi, Fran Garsiya va Alvaro Karreras kiritilmagan, biroq ulardan oxirgisi, chamasi, baribir jamoada qoladi.
Shuningdek, murabbiy ketishni istamayotgan markaziy himoyachi Raul Asensioga ham umid qilmayapti. Yarim himoyachi Eduardo Kamavinganing o'yini ham bosh murabbiyda etarli taassurot qoldirmayapti.
Manbaning xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» jiddiy da'vogarlik qilayotgan Orelen Tchuamenining sotib yuborilishi ham istisno etilmaydi. Federiko Valverde esa, o'z navbatida, sotilmaydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar