Mourino «Real»ga 15 million evroga tushadi

Record xabariga ko'ra, «Real» bosh murabbiy Joze Mourino uchun 15 million evro miqdoridagi tovon pulini kelgusi haftada to'lab berishi haqida «Benfika»ni ogohlantirdi.
Tomonlar portugaliyalik mutaxassisni ishga olish bo'yicha kelishuvga ega edi va Madrid klubi 7 million evro to'lashga tayyor edi. Biroq, shartnomaga ko'ra, iyun oyidan boshlab tovon puli 15 million evrogacha oshdi. Kechikish «Real»da prezidentlik saylovlari o'tkazilayotgani bilan bog'liq.
Chorshanba kuni, 3 iyul kuni «Real» prezidenti Florentino Peres jonli efirda o'z g'alabasidan so'ng klubning dastlabki xaridlari Joze Mourino va «Liverpul» himoyachisi Ibraima Konate (uning shartnomasi 1 iyul kuni yakunlangan) bo'lishini ma'lum qildi.
2025/26 yilgi mavsumda «Real» 86 ochko jamg'arib, Ispaniya chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi. Turnir g'olibi esa 94 ochko bilan «Barselona» bo'ldi.