Mourino “Real”dan yana ikki nafar futbolchi so'radi

Madridning “Real” klubi yangi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa tarkibi yana kamida ikki nafar o'yinchi bilan kuchaytirilishiga umid qilmoqda. “Qaymoqranglilar” Denzel Dyumfris, Ibraima Konate va Bernardu Silva bilan shartnoma imzolash bo'yicha kelishuvga erishib bo'lishgan, biroq bu bilan to'xtab qolishmoqchi emas.
ESPN nashrining xabariga ko'ra, Mourino jamoada yana ikki nafar himoyachi — chap qanot va markaziy himoyachini ko'rishni istamoqda. “Qirollik klubi” munosib variantlarni izlash ustida ish olib bormoqda.
Joze Mourino oradan 13 yil o'tib rasman “Real”ga qaytdi. O'tgan mavsumda u “Benfika” klubini boshqargan edi. Madrid grandi yakunlangan mavsumni sovrinsiz yakunladi. La Ligada poytaxt jamoasi “Barselona”dan keyin ikkinchi o'rinni egalladi.