Mourino «Real»dan taklif kutmoqda

Jurnalist Fabritsio Romano o'zining YouTube’dagi dasturining yangi sonida Joze Mourinoning kelajagiga to'xtalib o'tdi. So'nggi kunlarda matbuot sovrindor portugaliyalik mutaxassisni «Real»ga qaytishi bilan bog'lamoqda.
Romanoning so'zlariga ko'ra, Mourino faoliyatida ikkinchi bor «Real»ni boshqarishni istamoqda, shu sababli shartnoma borasidagi kelishuvda hech qanday muammo bo'lmaydi.
Hozirda hammasi «Real»ning qaroriga bog'liq. Mourino Madrid klubi uning qaytish variantini faollashtirishini kutmoqda.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourino 2010–2013 yillarda «Real» bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. O'sha davrda «qaymoqranglilar» Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogida g'olib chiqishgan.
Hozirgi vaqtda Mourino «Benfika»ni boshqarmoqda.