Joze Mourino «Real» bosh murabbiyligiga tayinlanishga yaqin turibdi. Portugaliyalik mutaxassis o'z rejalariga kiritilmagan ilk futbolchini aniqlab ulgurdi.

Jurnalist Migel Serrano bergan ma'lumotlarga ko'ra, Mourino yarim himoyachi Eduardo Kamavingani sotib yubormoqchi. Frantsiyalik futbolchi murabbiyning taktik sxemalariga mos kelmayapti. «Real» esa Kamavinganing sotuvidan tushadigan mablag' evaziga ikkita yangi yarim himoyachini tarkibga qo'shib olish uchun uni qo'yib yuborishga tayyor.

Joriy mavsumda Eduardo Kamavinga «Real» safida barcha turnirlarda jami 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.