Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni jamoaga Joze Mourino bosh murabbiy etib tayinlanganidan so'ng o'zining asosiy tarkibdagi o'rni kafolatlanmaganini tushunib turibdi. Agar ispan grandi yangi transferlarni amalga oshirsa, frantsiyalik futbolchining “qaymoqranglilar” safidagi kelajagi xavf ostida qolishi mumkin.

TEAMtalk nashri xabariga ko'ra, “Manchester Yunayted” hamda “Liverpul” Tchuameni atrofidagi vaziyatdan yaxshi xabardor va holat yomonlashgan taqdirda, darhol unga taklif jo'natishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Shuningdek, “Arsenal” va “Chelsi” ham voqealar rivojini kuzatib bormoqda, biroq ularning qiziqishi nisbatan pastroq.

Ta'kidlanishicha, “Qirollik klubi” 26 yoshli futbolchining transferi uchun taxminan 100 million evro talab qiladi. “Real” rahbariyati Tchuamenining sotuvidan tushgan pul evaziga Joze Mourino boshchiligidagi jamoani qayta qurish ishlariga sarflamoqchi.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda frantsiyalik yarim himoyachi barcha turnirlar doirasida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portaliga ko'ra, uning hozirgi bozor qiymati 70 million evroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz