Mourino «Real»da Endrik uchun yangi pozitsiya topdi

«Real» ustozi Joze Mourino Endrik uchun yangi pozitsiya topdi. Portugaliyalik mutaxassis braziliyalik futbolchini o'ng qanot vingeri ampluasida sinab ko'radi. Bu haqda insayder Mario Kortegana xabar bermoqda.
Dastlab «Real» ushbu pozitsiyaga Maykl Oliseni sotib olmoqchi edi. Ammo «Bavariya» bilan transfer bo'yicha kelishuvga erishishning imkoni bo'lmadi. Shu sababli Mourino hujumning o'ng qanotini «Real»ning ichki imkoniyatlari hisobidan yopish niyatida.
Oldinroq Mourino Endrikda katta istiqbolni ko'rayotgani va unga ko'p o'yin amaliyoti berish niyatida ekani haqida xabar berilgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar