Mourino qarzdor bo'lib qoldi

"Fenerbaxche"da 2025 yil avgustigacha ishlagan portugaliyalik murabbiy Joze Mourino mehmonxona to'lovlarini to'lamasdan Turkiyani tark etdi, deb xabar beradi Yeniçağ gazetesi".
Istanbuldagi "Four Seasons" mehmonxonasining hashamatli xonasida o'n besh oy qolish Mourinoga 747 ming evroga tushishi kutilgan edi.
Hozircha bu xarajatlarni kim qoplashi noma'lum: murabbiymi yoki "Fenerbahche".
Shuni ta'kidlash kerakki, murabbiy shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgani uchun klubdan hali ham 15 million evro miqdorida kompensatsiya olmagan.