Mourino "Portu" - "Nasonal" o'yinini stadiondan kuzatdi (foto)

"Portu" muxlislari o'z maydonidagi o'yinda Joze Mourinoni olqishladi.
Franchesko Farioli boshchiligidagi jamoa Portugaliya chempionatining 5-turida "Nasonal"ni mag'lub etdi (1:0).
"Portu"ning sobiq ustozi, yaqinda "Fenerbaxche"dan iste'foga chiqarilgan Joze Mourino ushbu o'yinga tashrif buyurdi.
Mourino prezidentlik minbaridan klub prezidenti Andre Villash-Boash bilan yonma-yon o'tirib o'yinni kuzatdi, u murabbiylik faoliyatining boshida Jozening shtabida ishlagan edi.
"Portu" muxlislari o'yin vaqtida Mourinoni "Dragau" stadionida olqishlashdi.
Eslatib o'tamiz, Joze 2002-2004 yillarda "ajdarlar"ga ustozlik qilgan. U klub bilan 6 ta sovrin, jumladan, Chempionlar ligasi va UEFA kubogini qo'lga kiritgan.
