Mourino o'rniga kelishi mumkin bo'lgan asosiy nomzod nomi ma'lum bo'ldi

Germaniyalik mutaxassis Domeniko Tedesko ayni paytda "Fenerbaxche" bosh murabbiyligiga nomzodlar ro'yxatida etakchilik qilmoqda. Bu haqda turkiyalik jurnalist Doruk Tejimer xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Fener" bosh murabbiysiz qolgandi, klub UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichidan chiqib ketganidan so'ng portugaliyalik Joze Mourino bilan xayrlashgandi. Turkiya chempionatiga kelsak, unda "kanareykalar" so'nggi to'rt mavsumda ketma-ket ikkinchi o'rinni egallagan.
Tedeskoning so'nggi ish joyi Belgiya terma jamoasi edi. Mutaxassis uni 2025 yil yanvar oyida tark etgan.