Mourino: "Nima uchun doim "Ayaks"ni yutishimni bilmayman"

Portugaliyaning "Benfika" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Evropa Chempionlar ligasi doirasida Niderlandiyaning "Ayaks" klubiga qarshi kechadigan o'yin haqida fikr bildirdi.
"Benfika" murabbiyi, jumladan, ushbu raqibga qarshi 7 o'yinda 7 g'alabaga erishilgan ajoyib seriya haqida gapirdi.
"Men chindan ham nima uchun doim "Ayaks"ni yutishimni bilmayman. Tarix va statistika menga hech narsa demaydi, chunki ular hech narsaga ta'sir qilmaydi. 7 ta g'alaba haqida bilmasdim ham", dedi Mourino.