Portugaliya chempionatining oltinchi turida Lissabonning “Benfika” jamoasi “Rio Ave” bilan durang o'ynadi (1:1).

“Benfika” ustozi Joze Mourino natija haqida fikr bildirdi.

"Bu adolatsiz natija. Bir jamoa g'alaba qozonish uchun hamma narsani qilgan bo'lsa, ikkinchisi durangga erishmoqchi edi.

Uchrashuvning asosiy qahramoni VAR hakami bo'ldi, u bosh hakamni monitorga chaqirdi. Hakamda xarakter etishmadi, afsuski, bu tez-tez sodir bo'ladi. Menga bunday futbol yoqmaydi", - dedi murabbiy.