Mourino: "Men "Stemford Bridj"da o'zimni uydagidek his qilyapman, lekin..."

Lissabonning "Benfika" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Londonning "Chelsi" klubi "Stemford Brij" maydoniga kelganidan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Jamoalar Chempionlar ligasi asosiy turining 2-turi doirasida to'qnash kelishadi.
"Men bu erda o'zimni uydagidek his qilyapman. Lekin men endi "ko'klar"dan emasman. Hozir men "qizil"man va g'alaba qozonishni istayman," - deya portugaliyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.