Mourino mehmonxonaga pul to'lamasdan Turkiyani tark etgan

2025 yilning avgustiga qadar "Fenerbaxche" klubini boshqargan portugaliyalik murabbiy Joze Mourino mehmonxona to'lovini amalga oshirmasdan Turkiyani tark etdi. Bu haqda Yeniçag‘ Gazetesi xabar bermoqda.
Istanbulda joylashgan Four Seasons mehmonxonasining lyuks xonalaridan birida 15 oy yashash Mourinoga 747 ming evroga tushishi kerak edi. Hozircha ushbu mablag'ni kim to'lashi ma'lum emas: murabbiymi yoki "Fenerbaxche". Qayd etish kerakki, mutaxassis shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun haligacha klubdan 15 million evro tovon puli olmagan.
Ayni paytda Mourino "Benfika"ni boshqarmoqda. Uning shogirdlari Portugaliya chempionatida "Portu"dan 6 ochko ortda qolib, 3-o'rinda bormoqda.