"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino Chempionlar ligasi o'yini oldidan "Chelsi" ustozi Entso Mareskani maqtadi.

"U klubga kelib, qadam-baqadam vaziyatni o'nglab bordi. Hatto Konferentsiyalar Ligasidagi g'alaba ham bunday jamoa uchun ajoyib yutuq hisoblanadi. Bu sovrin klubga g'oliblik falsafasini qaytardi. To'g'ri, ular APLda g'olib bo'la olishmadi, ammo boshqa sovrinlarni qo'lga kiritishdi. AQShda ular jahon chempioni unvonini olishdi, shuning uchun hozir ularning qo'lida juda ajoyib jamoa bor", - dedi Mourino.