Mourino katta tovon puli oladi

"Fenerbaxche" iste'foga chiqarilgan Joze Mourinoga 15 million evro to'laydi.
Turkiya klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqa olmagani fonida portugaliyalik mutaxassisni iste'foga chiqardi.
Saralash bosqichida "Fenerbahche" "Benfika"ga yutqazdi (ikki o'yin natijasiga ko'ra 0:1).
Fanatik xabariga ko'ra, Joze Mourino ishdan bo'shatilgani uchun 15 million evro kompensatsiya oladi.
Mutaxassis Turkiya jamoasida 2024 yilning iyul oyidan buyon ishlab kelayotgan edi. U klub boshqaruvida 62 ta o'yin o'tkazib, 37 ta g'alaba, 17 ta durang va 11 ta mag'lubiyat qayd etgan.