Mourino har bir ishiga professional yondashgan

"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Eden Azar Joze Mourino qo'l ostida o'tkazgan davri haqida gapirdi.
"Mourino kelganidan keyingi birinchi yilni eslayman, men "Lill" bilan o'yinni tomosha qilish uchun borgan edim va qaytishda pasportimni yo'qotib qo'ygan edim. Ular meni Angliyaga qaytarib yuborishmadi, shuning uchun mashg'ulotlarni o'tkazib yubordim. Mashg'ulotlar allaqachon tugaganidan keyin, soat ikkilar atrofida Angliyaga keldim.
Men Mourinodan uzr so'rashim kerak edi. Bu men uchun juda qiyin vaziyat edi. Keyingi hafta Mourino meni tarkibdan chiqarib yubordi va bu mening aybim ekanligini aytdi.
Ammo dam olish kunlariga kelib men yana o'ynay boshladim", dedi Azar.