Joze Mourino ishdan bo'shatilgani uchun 100 mln evrodan ortiq tovon puli olgan.

Avvalroq portugaliyalik mutaxassis "Fenerbaxche" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan, shartnomani bekor qilgani uchun to'lanadigan tovon puli esa 15 million evroni tashkil qilishi aytilgandi.

Bu Joze Mourinoning murabbiylik faoliyatidagi ettinchi iste'fosi bo'ldi.

Record hisob-kitoblariga ko'ra, murabbiyning tovon puli 108 million evroni tashkil qilgan.

Mutaxassisga "Chelsi" (ikki marta), "Real", "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Roma" kabi klublar kompensatsiya to'lagan.