Madridning "Real" klubi bosh murabbiyligiga qaytgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino dunyodagi eng yaxshi futbol klubini tanladi.

"Real" — dunyodagi eng yaxshi klub. "Barselona"ga keladigan bo'lsak, ular "qaymoqranglilar"dan keyingi eng yaxshilardan biridir", — dedi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik murabbiy iyun oyining birinchi yarmida "qirollik klubi"ga qaytgan edi. Mourino madridliklar bilan 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolagan.

2025/2026 yilgi mavsumda Joze Lissabonning "Benfika" klubida faoliyat olib borgan edi.

Manba: Stadion.uz