Mourino "Chelsi" futbolchisidan hayratda qoldi

"Benfika" ustozi Joze Mourino "Chelsi" futbolchisi, ya'ni hujumkor yarim himoyachi Estevao Villianni alohida ta'kidlab o'tdi. Braziliyalik futbolchi yozda "aristokratlar" safiga qo'shilgandi. Estevao hozir 18 yoshda.
"Estevao - iste'dod. Odamlar "Chelsi"da tajribasizligi, raqobat yo'qligi tufayli unga moslashish uchun vaqt kerak bo'ladi, deb o'ylashi mumkin. Ammo u allaqachon yuqori saviyada o'ynamoqda va katta salohiyatga ega," - dedi Mourino TNT Sports nashriga.
Seshanba oqshomida EChL umumiy bosqich 2-turidan o'rin olgan "Chelsi" - "Benfika" bahsi bo'lib o'tdi. Unda londonliklar minimal 1:0 hisobida zafar quchdi.