"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino "Napoli" ustidan qozonilgan g'alabaga (2:0) munosabat bildirdi.

"Biz g'alabaga munosib edik, garchi "Napoli"ning hozirgi holati eng yaxshi emasligi menga ma'lum. Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qolmoqdamiz. Agar bugun g'alaba qozonmaganimizda, barcha umidlar puchga chiqqan bo'lardi," - deya Mourinoning so'zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.

Endi Portugaliya grandini "Qarabog'" hamda "Ayaks" bilan o'yinlar kutmoqda.