Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino o'zi bosh murabbiylik qilayotgan "Benfika"ning yorqin o'yin ko'rsata olmayotgani borasidagi savollarga javob berdi.

"Bizda Mbappe, Vinisius yoki Yamal yo'q. Bizda jamoa bor va u jamoa sifatida harakat qiladi, ehtimol, unchalik yorqin emas. Ammo chiroyli o'ynamasdan ham g'alaba qozonish mumkin," - deya lissabonliklar ustozining so'zlarini keltiradi Italiyaning derbyderbydeby.it portali.

Ammo chempionatda "Benfika" hozircha faqat uchinchi o'rinni egallab turibdi.