Mourino: "Bizda jahon chempioni bo'lish uchun barcha ambitsiyalar bor"

Lissabonning "Benfika" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino 2026 yilgi jahon chempionati haqida gapirdi.
"Portugaliya terma jamoasida ayni damda dunyoning eng kuchli klublarida to'p tepadigan futbolchilar bor.
Mahalliy federatsiya jamoaga eng yaxshi sharoit bo'lishi uchun hamma narsani qilmoqda. Bizda jahon chempioni bo'lish uchun barcha ambitsiyalar bor", - deydi mutaxassis.