"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino o'zining yangi jamoaga tayinlanishi haqida gapirdi. Portugaliyalik o'z vataniga yaqindagina qaytgan. "Burgutlar" boshqaruvidagi birinchi o'yinda "ABC" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) murabbiy faoliyatining boshida ishlagan "Portu" haqida gapirdi.

"Men "Benfika"ga "Portu"ga qarshi jang qilish uchun kelganim yo'q. Bu "Benfika" kabi eng buyuk klublardan biri. Qaytib kelganimdan so'ng Villash-Boash ["Portu" prezidenti] bilan muloqot qildim. Men shunchaki g'alaba qozonmoqchiman, oramizda hech qanday dushmanlik yo'q," - deya Mourinoning so'zlarini keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.

Ayni damda "Portu" 6 turdan so'ng 18 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Benfika" bitta zaxira o'yini bilan 13 ochko bilan ikkinchi o'rinda.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourino 2002-2004 yillarda "ajdarlar"ni boshqargan. Mutaxassis ketishidan oldin jamoani Chempionlar ligasida g'alabaga etaklagan.