«Real» bosh murabbiyi Joze Mourino dunyoning eng yaxshi futbolchilari Angliyada to'p suradi deb hisoblaydi.

«Arsenal» Chempionlar ligasi finalida mag'lub bo'ldi, ammo ular unda o'ynashdi. «Kristal Pelas» Konferentsiyalar ligasida g'olib chiqdi. «Aston Villa» Evropa ligasida zafar quchdi.

«Barselona», «Bavariya», «Real» va «PSJ»ni istisno qilganda, eng yaxshi futbolchilar Angliyada. Angliya terma jamoasiga media tomonidan boshqa har qanday jamoadan ko'ra ko'proq bosim o'tkaziladi.

Media esa odamlarga — bu vaziyatda ingliz muxlislariga juda kuchli ta'sir qiladi. Kutishlar. Mas'uliyat.

Ularda doim yaxshi murabbiylar bo'lgan. Va ularda yana yaxshi murabbiy paydo bo'ldi. Men hamisha ular jahon chempionatida g'olib chiqa olishadi deb o'ylayman», — dedi Joze Mourino «Beast Mode On Podcast» podkastida.

Manba: Stadion.uz