Mourino

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Ispaniya grandiga qaytganidan keyingi ilk mashg'ulotga 11 nafar futbolchini jalb etdi.
Ma'lum qilinishicha, Mourino ixtiyorida hozircha asosan himoya chizig'i vakillari mavjud bo'lib, yarim himoya va darvoza chizig'ida futbolchilar taqchilligi kuzatilmoqda.
"Darvozabonlardan Mourino ixtiyorida hozircha faqat Andrey Lunin bor. Himoyachilar — Eder Militao, Trent Aleksander-Arnold, Raul Asensio, Alvaro Karreras, Ferlan Mendi va Din Xyoysen. Nominal yarim himoyachi ham hozircha bir nafar — Eduardo Kamavinga. Mourino qo'l ostidagi ilk mashg'ulot sessiyasida uch nafar hujumchi ishtirok etadi: Rodrigo, Gonsalo Garsiya va Franko Mastantuono. Mashg'ulot dushanba, 13 iyul kuni ertalab bo'lib o'tadi", — deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Real"ning mavsum oldidan o'tkazadigan ilk o'rtoqlik uchrashuvi raqibi ma'lum bo'lgan edi: 1 avgust kuni Ispaniya klubi Avstriyaning Klagenfurt shahrida Italiyaning "Fiorentina" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar