Motta ishga qaytishga shoshilmayapti

Tyago Motta ishga qaytishga shoshilmayapti.
43 yoshli murabbiyga "Real Sosedad" qiziqish bildirgan, biroq italiyalik murabbiy faoliyatini davom ettirishdan manfaatdor emasdi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
“Yuventus”ning sobiq ustozi avvalroq Germaniyaning “Bayer” va Frantsiyaning “Monako” klublari takliflarini rad etgandi.
"Keksa sinyora" shu yilning mart oyida Mottani ishdan bo'shatgan, ammo unga maoshini to'lashda davom etmoqda - yiliga taxminan 3,5 million evro.