"Arsenal" markaziy himoyachisi Kristian Moskera klubga qanday o'tgani haqida gapirib berdi.

Ispaniyalik futbolchi shu yilning iyul oyida "kanonirlar" safiga qo'shildi va "Valensiya"dan 15 million evro evaziga sotib olindi.

"Men har doim Premer-ligani tomosha qilganman va Angliyadagi jamoam "Arsenal" edi. Men bu klub haqida o'zgacha bir aurani his qildim", – dedi futbolchi.