Moskera - "Arsenal"dagi raqobat haqida: "Jahon yulduzlari bilan kurashishimni bilardim"

"Arsenal" markaziy himoyachisi Kristian Moskera London klubidagi raqobat haqida gapirdi.
"Arsenal" bilan shartnoma imzolayotganimda jahon darajasidagi ikki futbolchi - Gabriel va Saliba bilan raqobatlashishimni bilardim. Ammo klubning g'oyasi ham shu edi: futbolchilar har bir pozitsiyada kurash olib borishlari va bor kuchlari bilan harakat qilishlari kerak edi. Premer-liga umuman boshqacha, lekin bu er menga yoqadi," - deydi Moskera Diario AS nashriga bergan intervyusida.
Joriy yilning iyul oyida futbolchi "Valensiya"dan "Arsenal" safiga kelib qo'shilgan edi. "Kanonirlar" safida 21 yoshli ispaniyalik himoyachi barcha musobaqalarda 8ta o'yinda maydonga tushdi va birorta ham samarali harakat qayd eta olmadi.