Morris "Chelsi"ning asosiy muammosini aytdi

"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Jodi Morris London klubining muammolari haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
"Menimcha, "Chelsi"da anchadan beri etakchilar etishmayapti. Keyin esa, etakchi deb hisoblanishi mumkin bo'lgan ikki kishiga — Mark Kukurelya va Entso Fernandesga qaraganingizda, ularning klubdan yoki rejimdan noroziligi, yoxud klubda sodir bo'layotgan ma'lum narsalardan hafsalasi pir bo'lgani haqidagi izohlarini eshitsangiz: "Bu etakchilik belgisi emas shekilli", deb o'ylab qolasiz", — deya Morrisning so'zlarini keltirmoqda Sky Sports.
Hozirgi vaqtda "Chelsi" Angliya chempionati turnir jadvalida 32 turdan so'ng 48 ochko jamg'arib, oltinchi o'rinda bormoqda. Klubni hozirda Liam Rosenor boshqarmoqda.