Taniqli jurnalist Devid Ornshteyn «Aston Villa» vingeri Morgan Rojersning «Chelsi»ga tez orada amalga oshadigan transferi haqida fikr bildirdi.

«Xabi Alonso voqealar markazida edi. U evrokuboklarda ishtirok etmasligiga qaramay, Rodjersni «Chelsi»ga o'tishga, u va klub loyihasi uchun o'ynashga ko'ndirishda hal qiluvchi rolni o'ynadi, bu esa vaziyatning yana bir juda qiziqarli tomonidir.

U Evropa Chempionlar Ligasida o'ynash imkoniyatidan «Aston Villa»da voz kechib, hozirda evrokuboklarda o'ynamayotgan klubni tanladi va ha, bu juda yirik bitim. Moliyaviy tomondan ham, shok darajasi bo'yicha ham ushbu yozgi transfer oynasida biror bir o'tish bundan o'zib keta olishiga ishonchim komil emas», — dedi Ornshteyn The Athletic podkastida.

Eslatib o'tamiz, «Chelsi» Morgan Rojers transferi uchun «Aston Villa»ga 117 million funt sterling to'laydi, bu esa ushbu o'tishni Britaniya futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylantiradi.

Manba: Stadion.uz