Morgan Rojers «Chelsi» tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi

«Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rojers «Chelsi» tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi va bu borada Entso Fernandesning ko'rsatkichini ortda qoldiradi.
Avvalroq manbalar Rojersning «ko'klar»ga 117 million funt sterlingga (taxminan 137,5 million evro) tushishini xabar qilgandi. Eslatib o'tamiz, 2023 yilning qishida amalga oshirilgan Entso Fernandesning transferi klub uchun o'sha vaqtdagi rekord — 121 million evroni tashkil etgan edi. Tez orada bu transfer rekordi yangilanadi.
«Chelsi»ning eng qimmat transferlari ro'yxatida uchinchi o'rinda «Brayton»dan kelgan Moyses Kaysedo (116 million evro) bor. Undan keyingi o'rinlarni Romelu Lukaku (113 million evro) va Kay Xaverts (100 million evro) egallab turibdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar