«Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rodjers jamoani tark etish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

23 yoshli futbolchi kelayotgan yozda faoliyatida yangi sahifa ochishga tayyor. The Sun nashrining ma'lumotlariga ko'ra, ingliz futbolchisini o'z safiga qo'shib olishga «Arsenal», «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» klublari qiziqish bildirmoqda. Kutilishicha, ushbu transfer xaridorlarga taxminan 80 million funt sterling (qariyb 92 mln evro)ga tushadi, bonuslar bilan esa bu summa 100 million funtdan (115 mln evro) oshishi mumkin.

O'tgan yilning noyabr oyida Morgan Rojers «Aston Villa» bilan shartnomasini 2030/31 yilgi mavsum yakuniga qadar uzaytirgan edi. Joriy mavsumda futbolchi «villaliklar» safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.