«Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rodjers Evropa Ligasining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Angliya klubi finalda «Frayburg»ni yirik hisobda (3:0) mag'lub etib, turnir g'olibiga aylandi. Rodjers 58-daqiqada gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Angliyalik futbolchi Evropa Ligasining joriy mavsumida jami 15 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.