Taniqli jurnalist Pirs Morgan Portugaliya terma jamoasining JCh-2026 saralashi doirasida Armanistonga qarshi o'yinda Krishtianu Ronalduning dubliga munosabat bildirdi.

Portugaliyaliklar safarda 5:0 hisobida g'alaba qozondi.

"Bu hayotda uch narsa muqarrar: o'lim, soliqlar va Krishtianu Ronalduning gollari. 40 yoshida u hali ham jahon rekordlarini urmoqda va yana yangilaydi. Aql bovar qilmaydi," deb yozgan Morgan ijtimoiy tarmoqda.