Teleboshlovchi Pirs Morgan FIFAning Krishtianu Ronalduni diskvalifikatsiya qilish haqidagi qaroriga izoh berdi.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya terma jamoasining 40 yoshli forvardi Irlandiyaga qarshi o'yinda (0:2) raqib himoyachisi Dare O'Shining bel qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan edi.

FIFA tartib-intizom qo'mitasi Ronalduni 3ta o'yinga diskvalifikatsiya qilishga qaror qildi, shundan 2tasi shartli. Shu tariqa, Krishtianu JCh-2026 guruh bosqichining birinchi turida ishtirok etishi mumkin - u saralash so'nggi turida Armaniston bilan o'yinni o'tkazib yuborib (9:1), haqiqiy diskvalifikatsiyani allaqachon o'tab bo'lgan.

"To'g'ri hukm. U ataylab futbolkasidan tortgan futbolchiga qarshilik ko'rsatgandi," deb yozgan Morgan.