Morgan: «Chelsi»ning transferi — absurd, bu pulga Xvicha yoki Vinisiusni sotib olgan ma'qul»

Taniqli britaniyalik jurnalist Pirs Morgan Angliya terma jamoasi va Birmingemning «Aston Villa» klubi yarim himoyachisi Morgan Rojersning Londonning «Chelsi» klubiga ehtimoliy o'tishi haqidagi xabarga izoh berdi.
«Bu absurd narx. Bu summa evaziga men Xvicha yoki Vinisiusni sotib olgan bo'lardim», — deyiladi jurnalistning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.
Avvalroq Britaniya matbuotida «aristokratlar» Rojers uchun 117 million funt sterling (~138 mln evro) to'lashi haqida xabar berilgan edi.
Angliya Premer-ligasining yakunlangan mavsumida 23 yoshli vinger 37 ta o'yinda maydonga tushdi. Morgan o'z hisobiga o'nta gol va oltita golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar