Taniqli britaniyalik jurnalist va teleko'rsatuv boshlovchisi Pirs Morgan Frantsiya milliy terma jamoasining JCh-2026dagi ishtiroki haqida o'z fikrini bildirdi.

Yaqindagina Dide Desham shogirdlari 1/16 finalda Shvetsiya terma jamoasini yirik hisobda mag'lub etishdi (3:0). Bungacha frantsiyaliklar Senegal (3:1), Irak (3:0) va Norvegiya (4:1) terma jamoalari ustidan g'alaba qozonishgan edi.

«Bu Frantsiya terma jamosini qanday qilib to'xtatish mumkinligiga aqlim etmayapti. Ular xuddi Braziliyaning eng buyuk tarkiblariga o'xshaydi — hujumda dahshatli darajada xavfli. Ular bilan o'ynaydigan har qanday jamoaga omad tilayman, ularning barchasiga duolar asqotadi!» — deb yozdi Morgan o'z ijtimoiy tarmoqlarida.

Chorak final yo'llanmasi uchun kechadigan navbatdagi uchrashuvda «uchranglilar» yaqindagina Germaniya ustidan qozonilgan g'alaba bilan futbol jamoatchiligini hayratda qoldirgan Paragvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Manba: Stadion.uz