Morgan: «Arteta, pulni ayama!»

«Arsenal»ning ashaddiy muxlisi hisoblangan britaniyalik jurnalist Pirs Morgan gruziyalik vinger Xvicha Kvaratsxeliyaning «to'pchilar» lageriga ehtimoliy transferi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Agar bu rost xabar bo'lsa, «Arsenal» Kvaratsxeliyani sotib olishi kerak. Arteta, pul ayashning keragi yo'q. Bu aql bovar qilmas futbolchi», — deb yozib qoldirdi Morgan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Hozirda Xvicha Frantsiyaning «PSJ» klubi a'zosi hisoblanadi. Gruziyalik futbolchi 2025 yilning boshida parijliklar safiga kelib qo'shilgan edi. Transfer bozorida o'yinchining narxi 110 million evroni tashkil etmoqda.
Joriy mavsumda Kvaratsxeliya 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.