Moratti Messiga "Barselona"dan "Inter"ga o'tishi uchun 500 mln. evro taklif qilganini aytib berdi

"2012 yilda men aql bovar qilmaydigan ish qildim. Men Messiga 500 million evro taklif qildim. O'sha paytlar bu juda katta summa edi. Muzokaralar uchun vice-prezidentimni Barselonaga yubordim. Ammo Messi hatto xatni ham ochmadi va taklif haqida bilmadi ham. U tafsilotlariga ham e'tibor bermasdan buni rad etdi, chunki o'zini faoliyati davomida boshqa jamoaga hech qachon sotmaydigan o'yinchi deb hisoblardi.
Messi bilan shaxsan bog'lanishga muvaffaq bo'ldim va u: "Menga bo'lgan qiziqishingizni qadrlayman, lekin faoliyatimni "Barselona"da yakunlashni xohlayman", dedi. Uning so'zlari shunday sodda edi. U "Barselona"da qolishni xohladi. Men vaziyatni tushundim, lekin uni pul bilan yo'ldan urishga urindim - va bu ish bermadi", - dedi Moratti so'zlarini keltiradi Sport.es nashri.
Kommentariyalar