«Montsa» A Seriyaga qaytdi

«Montsa» bir yillik tanaffusdan so'ng yana Italiya A Seriyasiga qaytdi. Paolo Byanko shogirdlari pley-off bosqichida «Katandzaro» bilan kechgan keskin kurashdan so'ng elita yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Ikkinchi o'yinda «Montsa» 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa-da, birinchi o'yindagi 2:0 hisobidagi g'alaba ularga yordam berdi. Umumiy hisob teng bo'lganligi sababli, «Montsa» chempionatda «Katandzaro»dan yuqoriroq o'rinni egallagani uchun keyingi bosqichga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, «Montsa» tarixidagi eng yuqori natija 2022/2023 yilgi mavsumda qayd etilgan bo'lib, o'shanda jamoa A Seriyada 11-o'rinni egallagandi. Shuningdek, jamoa ikki bor Italiya Kubogining chorak finaliga qadar etib borgan.