Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchentso Montella Jahon chempionati-2026 guruh bosqichi 2-turida Paragvaydan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng shogirdlariga nima deganini ochiqladi. Evropaliklar mazkur bahsda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, pley-offga chiqish imkoniyatidan butunlay mahrum bo'lishdi.

«Yakuniy hushtak chalinganidan keyin men shogirdlarimga shunday dedim: "Sizlar bor kuchingizni berdingiz. Ammo taqdirdan qochib bo'lmaydi". Men hech qachon kimdir bundan yaxshiroq o'ynashi mumkin edi, deb aytmayman. Men uchun futbolchilarning ambitsiyalari (intilishlari) muhim. Ularning barchasi maydonda oxirigacha kurashdi», — deya italiyalik murabbiyning so'zlarini keltiradi Fanatik nashri.

Turkiya terma jamoasi mundialning 1/16 finaliga chiqish imkoniyatini yo'qotdi. Turnirdagi so'nggi uchrashuvda Montella shogirdlari AQSh terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Manba: Stadion.uz