"Monako" yarim himoyachisi Takumi Minamino tizzasidan jiddiy jarohat oldi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.

Yaponiyalik futbolchiga oldin xochsimon paylari yirtilish tashxisi qo'yilgandi. Minamino Frantsiya kubogi 1/8 final bosqichida "Oser"ga qarshi o'yinda jarohat olgan va o'yin "Monako"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.

Jarohat tufayli u o'yinni davom ettira olmadi va 36-daqiqada almashtirildi. Tibbiy ko'rik qo'rquvni tasdiqladi.