"Monako" yangi murabbiyni tanladi

Belgiyaning "Yunion" klubi bosh murabbiyi Sebasten Pokonoli "Monako"ning navbatdagi ustozi bo'ladi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar bermoqda.
Manbaga ishonadigan bo'lsak, 38 yoshli mutaxassis allaqachon jamoasiga monakoliklar qarorgohiga jo'nab ketishini ma'lum qilgan. Aytish kerakki, Pokonoli poygada bosh murabbiylikka nomzod sifatida ko'rilayotgan Edin Terzich va Tiago Mottani ortda qoldirdi.
Pokonoli 2024 yilning iyulidan buyon "Union"ni boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa 69 ta o'yin o'tkazib, 39 ta g'alaba, 15 ta durang va 15 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Pokonoli "Monako" ustozi sifatida ketma-ket ikkinchi mavsumdan buyon barqaror o'yin ko'rsatmayotgan Adi Xyutterning o'rnini egallaydi.