"Monako" vingeri Ansu Fati jamoadagi debyutida gol urdi.

"Barselona"dan ijaraga olingan ispaniyalik futbolchi Chempionlar ligasi doirasida "Bryugge"ga qarshi o'yinning 63-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va 91-daqiqada gol urdi - o'sha paytga kelib "Monako" allaqachon 4:0 hisobida ortda borayotgan edi.

Fati shu tariqa frantsuz klubidagi ilk o'yinida gol urdi. "Barsa" akademiyasi tarbiyalanuvchisi jismoniy tayyorgarligi yo'qligi sababli joriy mavsumning oldingi o'yinlarida o'ynamagan edi.