«Monako» bosh murabbiyi Sebasten Pokonoli Frantsiya Liga 1 musobaqasining 29-turi doirasida «Parij» jamoasidan qabul qilib olingan mag'lubiyatga munosabat bildirdi.

Monegasklar mehmonda 1:4 hisobida tor-mor etildi. Mehmonlar uchta golni dastlabki 20 daqiqa ichida o'tkazib yuborishdi.

«Bunchalik qisqa vaqt ichida ko'p gol o'tkazib yuborish, shubhasiz, psixologik tayyorgarlikning etishmasligi bilan bog'liq. Buni futbolchilarga hafta davomida takrorladim, ammo ko'rinib turibdiki, aynan shu sohada xatoga yo'l qo'yganmiz», — deya mutaxassisning so'zlarini keltirmoqda «Monako» matbuot xizmati.