"Al-Hilol" klubi Saymon Buabreni sotib olganini e'lon qildi.

19 yoshli yarim himoyachi yangi klubi bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi.

Jurnalist Fabris Xokinsning ma'lum qilishicha, "Neom" 23 mln evro ishlab topgan. U avgust oyida 10+2 mln evroga xarid qilingan.

Bu mavsumda "Monako"ning sobiq futbolchisi Saudiya Arabistoni chempionatida 15 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.